+998-712175999 (09:00-18:00)
info@hilolnashr.uz
Bolajonlar uchun qiziqarli bilimlar olami

Dastur haqida

Ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilingan «Olim bola» dasturi bolajonlarga Islom dinini oʻrgatuvchi ajoyib oʻyindir. Ushbu dastur orqali farzandlaringiz aqlni charxlovchi quvnoq oʻyinlar orqali Qurʼon oʻqish, namoz ibodati, Allohning goʻzal ismlarini, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning goʻzal axloqlarini, sahobai kiromlarning hayotlarini oʻrganadilar.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni Youtube orqali koʻrish:

«Olim bola» dasturida quyidagi boʻlimlar mavjud:

«Alifbo va tajvid» darslari. Ushbu boʻlim orqali Qurʼoni Karimni oʻqishni oʻrganish mumkin;

«Namoz muallimi» darslari. Bu boʻlimda tahoratdan boshlab to namoz oʻqishgacha boʻlgan amallar sodda va qulay tarzda yoritib berilgan;

«Sura va duolar» darslari. Bu boʻlimda kichik suralarni yodlash, Nabiy sollallohu alayhi vasallam oʻqib yurgan va bizlarga ham oʻqishni marhamat qilgan duolarni yodlash mumkin;

«Robbimni yaxshi koʻraman» darslari. Ushbu boʻlim orqali Allohning goʻzal ismlarini oʻrganamiz;

«Suyukli paygʻambarimiz» darslari. Bu yerda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak siyratlarini oʻrganamiz;

«Paygʻambar va bolalar» darslari. Bu boʻlimda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bolalarni qanchalik yaxshi koʻrganlarini bilib olamiz;

«Paygʻambarimizning doʻstlari» darslari. Ushbu boʻlim orqali buyuk sahobalarning hayotlarini oʻrganishimiz mumkin;

«Paygʻambarlar tarixi» darslari. Bu boʻlimda esa Qurʼonda ismi kelgan paygʻambarlar bilan tanishamiz;

«Hajga ketyapman» darslari. Ushbu dars orqali biz haj qilishni oʻrganamiz;

«Ramazon keldi, roʻza keldi» darslari. Bu boʻlimda roʻza tutishni oʻrganamiz;

«Ertaklar». Bu yerda biz ertaklar olamiga sayr qilamiz;

«Duo qilishni yaxshi koʻraman». Ushbu boʻlimda ixlos bilan duo qilishni oʻrganamiz.

Shularning barchasi «Olim bola» dasturida Sizlarni kutmoqda!

Bu hali hammasi emas! «Olim bola» dasturida bolajonlar qiziqib oʻynaydigan labirintlar, berkinmachoq, yashirin rasmlar, xotira mashqlari, gap tuzishlar, rasmli topishmoqlar va boshqa bir qator koʻngilochar oʻyinlar jamlangan!

Jumladan «Gʻordan qochish» oʻyini. Bunda jarlikka yiqilib ketmasdan, koʻproq tangachalarni yigʻish talab etiladi.

Yana «Bilimlar bellashuvi» oʻyini. Bu oʻyinda esa 10 ta test-savolga tez va aniq javob berish kerak. Agar javob berilmasa, vaqt tugaydi. Savollar esa bir-biridan qiziq!

«Labirint» oʻyida esa toʻgʻri yoʻlni topib labirintdan chiqib ketish kerak. Farzandlaringiz uchun ayni muddao boʻlgan oʻyin.

Ha, aytgancha, «Ham-ham» oʻyinini ham dasturda koʻrishingiz mumkin. Bunda oʻyinchiga berilgan baliqni katta nahanglardan ehtiyot qilib, ozuqalar berib, katta qilish kerak.

Xullas, dasturni oʻrnatib oʻzingiz koʻring, hech afsuslanmaysiz. Zoʻr dastur ekanmi? Unda hoziroq «Olim bola»ni yuklab oling, maza qilasiz!

«Olim bola» dasturidan Windows, Android hamda iOS jihozlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Dasturni yuklab olish: olimbola.uz/download

Dasturda koʻplab videodarslik hamda interaktiv oʻyinlar borligi sabab birinchi kirganda 300 Mb dan 7 Gb gacha boʻlgan maʼlumotlarni internetdan yuklab olishingiz kerak boʻladi. Barchasi yuklab olingach, internet kerak boʻlmaydi. Dasturdan toʻliq foydalanish uchun 1 martalik toʻlov qilinadi.